Bugun sening to`ying, ochilmay so`lding,
G`o`zal tilaklar-u gullarga to`lding. (x2)
Tillo koshonalarga yo`l olarsan, jonim, {x2}
Izingga zor qoldi ostonam mening,
Yuragimdan yaqin begonam mening,
Yuragimdan yaqin-ey begonam mening.

Yor-yor xush yoqdimi, labingda kulgu?!
Yangi uyda yoring bo`lib kutar u.
Sizlarni bir ko`rmoq istardim, ammo
Yo`qdir borgani bahonam mening,
Yuragimdan yaqin begonam mening,
Yuragimdan yaqin-ey begonam mening.

Surating ko`zimning qarosi bo`ldi,
Ovozing qalbimning sadosi bo`ldi.
Fidoiy sen bergan azobdan kuyar,
Yulduzlardan uzoq dilxonam mening,
Yuragimdan yaqin begonam mening,
Yuragimdan yaqin-ey begonam mening!

Bugun sening to`ying, ochilmay so`lding…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ayriliq
Xonanda:
Ozodbek Nazarbekov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 31, 2018