Ko`nglimni chertib yorga,
Torligingni ayt, yurak,
Ayt, yurak, ayt, yurak.
Chertib o`shal dildorga,
Yorligingni ayt, yurak,
Ayt, yurak, ayt, yurak.

Gul tutay deb qo`liga,
Kiray deb o`ng-so`liga,
Har kun uning yo`liga
Zorligingni ayt, yurak.

Ko`nglimni chertib yorga,
Torligingni ayt, yurak,
Ayt, yurak, ayt, yurak.

Sen qalbimda nur, fonus,
Bo`lmagin xira, xomush.
Yor bilib qo`ysin, nomus,
Orligingni ayt, yurak.

Sen qalbimda nur, fonus,
Bo`lmagin sira xomush.
Yor bilib qo`ysin, nomus,
Orligingni ayt, yurak.

Suyganim kelsa bugun,
Ko`rsat sevgimning kuchin.
Ko`ksimda uning uchun
Borligingni ayt, yurak.

Ko`nglimni chertib yorga,
Torligingni ayt, yurak,
Ayt, yurak, ayt, yurak.

Yorligingni ayt, yurak,
Yorligingni ayt, yurak!
Zorligingni ayt, yurak,
Zorligingni ayt, yurak! (x2)

Suyganim kelsa bugun,
Ko`rsat sevgimning kuchin.
Ko`ksimda uning uchun
Borligingni ayt, yurak. (x3)

Ko`nglimni chertib yorga,
Torligingni ayt, yurak,
Ayt, yurak, ayt, yurak. (x2)

Yorligingni ayt, yurak,
Yorligingni ayt, yurak!
Zorligingni ayt, yurak,
Zorligingni ayt, yurak! (x4)

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O’serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ayt yurak
Xonanda:
Ozodbek Nazarbekov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 4, 2016