Qani yorim, kelaman deb kelmadi,
Mehriboning bo’laman deb bo’lmadi,
Yurak kuyib sahargacha o’ynadi,
Bedor, bedor, bedor. (x2)

Ne sababdan menga nozu-firoq qilding,
Diydoringni qizg’ondingmi, yiroq qilding?
Ayriliq, g’am, alamlarga o’rtoq qilding,
Bekor, bekor, bekor. (x2)

Mani yorim kelaman deb kelmadi,
Mehriboning bo’laman deb bo’lmadi,
Yurak kuyib, sahargacha o’ynadi,
Bedor, bedor, bedor.

Qani mani, qani mani yorim kelmadi,
Mehriboning bo’laman deb bo’lmadi,
Yurak kuyib, sahargacha o’ynadi,
Bedor, bedor, bedor.

Qaro ko’zlar kulib-kulib, kel dedilar,
Menga otash yuragingni ber dedilar,
Senga sevish yarashadi, sev dedilar,
Izhor, izhor, izhor. (x2)

Mani yorim kelaman deb kelmadi,
Mehriboning bo’laman deb bo’lmadi,
Yurak kuyib, sahargacha o’ynadi,
Bedor, bedor, bedor.

Qani mani, qani mani yorim kelmadi,
Mehriboning bo’laman deb bo’lmadi,
Yurak kuyib, sahargacha o’ynadi,
Bedor, bedor, bedor.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Bedor
Xonanda:
Ozodbek Nazarbekov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 30, 2014