• Ozodbek Nazarbekov - Bilaman yorim qo'shiq matni, lyrics

    Ozodbek Nazarbekov

    Bilaman yorim

    Kelishingni bilaman, yorim,
    Sevishingni bilaman, yorim,
    Senda ko`nglim borligini
    Sezishingni bilaman, yorim. (x2)

    Shabnamday beg`uborim-ey,
    Sen orzuyim, dildorim-ey.
    Sirlarimni, ayyorim-ey,
    Bilishingni bilaman, yorim.

    Sirlarimni, ayyorim-ey,
    Bilishingni bilaman, yorim.

    Uxlasam seni o`ylab,
    Kuylasam seni o`ylab,
    Yig`lasam seni o`ylab,
    Kulishingni bilaman, yorim. (x2)

    Tunlar tushimga kirib,
    Kelmaysan og`rintirib, (x2)
    Atayin sog`intirib,
    Yurishingni bilaman, yorim. (x2)

    Shabnamday beg`uborim-ey,
    Sen orzuyim, dildorim-ey.
    Sirlarimni, ayyorim-ey,
    Bilishingni bilaman, yorim.

    Sirlarimni, ayyorim-ey,
    Bilishingni bilaman, yorim.

    Uxlasam seni o`ylab,
    Kuylasam seni o`ylab,
    Yig`lasam seni o`ylab,
    Kulishingni bilaman, yorim. (x2)

    Chiroying ko`zimniki,
    Ta’rifing so`zimniki,
    Baribir o`zimniki
    Bo`lishingni bilaman, yorim.

    Shabnamday beg`uborim-ey,
    Sen orzuyim, dildorim-ey.
    Sirlarimni, ayyorim-ey,
    Bilishingni bilaman, yorim.

    Sirlarimni, ayyorim-ey,
    Bilishingni bilaman, yorim.

    Uxlasam seni o`ylab,
    Kuylasam seni o`ylab,
    Yig`lasam seni o`ylab,
    Kulishingni bilaman, yorim. (x2)

    Baribir o`zimniki
    Bo`lishingni bilaman, yorim…

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.