Ey jon, ey jon…

Xating bila yuzungu kokulung sening, ey jon,
Biri – binafsha, biri – yosuman, biri – rayhon. (x2)

Ko’ngulni zoru meni xoru tanni tor etgan
Biri – jafoyu biri – g’urbatu biri – hijron.

Biri – binafsha, biri – yosuman, biri – rayhon,

Tanu ko’ngul bila ko’z vaslu nozu husni uchun, (x2)
Biri – harobu biri – volayu biri – hayron. (x2)

Ko’ngulni zoru meni xoru tanni tor etgan
Biri – jafoyu biri – g’urbatu biri – hijron.

Biri – binafsha, biri – yosuman, biri – rayhon,
Biri – jafoyu biri – g’urbatu biri – hijron.

Takallum aylarida tiliyu tishiyu labi,
Biri – aqiqu biri – injuyu biri – marjon.

Tamomi umrida Boburg’a uch so’z aytibtur:
Biri – so’kunchu biri – qattiqu biri – yolg’on.

Ko’ngulni zoru meni xoru tanni tor etgan
Biri – jafoyu biri – g’urbatu biri – hijron.

Biri – binafsha, biri – yosuman, biri – rayhon,
Biri – jafoyu biri – g’urbatu biri – hijron.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Binafsha
Xonanda:
Ozodbek Nazarbekov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 28, 2015