• Ozodbek Nazarbekov - Bitta yo'lda qo'shiq matni, lyrics

    Ozodbek Nazarbekov

    Bitta yo’lda

    Bitta yo`lda, bitta yo`lakda
    Begonaday o`tib ketdik jim.
    Men ortimga boqmadim, ammo
    Bo`g`zimga tiqildi yuragim. (x2)

    Olis bo`ldi ko`ringan manzil,
    Yo`ldan urdi xayol aldamchi. (x2)
    Sizni dildan o`chirdim, ammo
    Kiprigimga tiqildi tomchi.

    Bitta yo`lda, bitta yo`lakda
    Begonaday o`tib ketdik jim.
    Men ortimga boqmadim, ammo
    Bo`g`zimga tiqildi yuragim.

    Bu kuydirgi ko`ngil yuz burib ketdi,
    Boshga solib savdoni. (x2)
    O`tdan olib, o`tlarga solib,
    Kuydirdi man ko`ngli gadoni.

    Bitta yo`ldan o`tib ketdik jim,
    Boshqa endi mening manzilim.
    Sizdan kechish osondir, ammo
    O`zdan kecholmasdan yig`ladim.

    Bitta yo`lda, bitta yo`lakda
    Begonaday o`tib ketdik jim.
    Men ortimga boqmadim, ammo
    Bo`g`zimga tiqildi yuragim. (x2)

    Bo`g`zimga tiqildi yuragim… {x3}

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.