• Yor kelmading bu kecha,
    Vaslingga zor bo`ldim necha.
    Ushbu tun bo`ldi zimiston,
    Vaslingga zor bo`ldim yana bu kecha.

    Yor kelmading bu kecha,
    Vaslingga zor bo`ldim necha.
    Ushbu tun bo`ldi zimiston,
    Husningga zor bo`ldim yana bu kecha.

    Bu kecha, yana bu kecha,
    Vaslingga zor bo`ldim necha.
    Bu kecha, yana bu kecha,
    Husningga zor bo`ldim yana bu kecha.

    (Yana, yana bu kecha, sensiz bu kecha,
    Yor, kelmading bu kecha, yor.)

    Ko`zlarim yo`lingda zor,
    Firoq o`ting jonimga ozor,
    Sensiz o`tdi bu tunim,
    Mehringga zor bo`ldim yana bu kecha.

    Bu kecha, yana bu kecha,
    Vaslingga zor bo`ldim necha.
    Bu kecha, yana bu kecha,
    Mehringga zor bo`ldim yana bu kecha.

    Chiqmasdan osmonga oy ham,
    Kimsasiz qoldi yoy ham,
    Sog`indim vaslingni zor,
    Vaslingga zor bo`ldim yana bu kecha.

    Chiqmasdan osmonga oy ham,
    Kimsasiz qoldi yoy ham,
    Sog`indim vaslingni zor,
    Men senga zor bo`ldim yana bu kecha.

    Bu kecha, yana bu kecha,
    Vaslingga zor bo`ldim necha.
    Bu kecha, yana bu kecha,
    Mehringga zor bo`ldim,
    Men senga zor bo`ldim yana bu kecha,
    So`zingga zor bo`ldim yana bu kecha.

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.