• Ozodbek Nazarbekov - Chaqmoq chaqar

    Ozodbek Nazarbekov

    Chaqmoq chaqar

    Chaqmoq chaqar, chaqmoq chaqar,
    Yomg’ir yog’ar, yomg’ir yog’ar, (x2)
    Men sevganim, men suyganim,
    Kimga boqar, kimga boqar? (x2)

    Muhabbatdan ko’rdim jafo,
    Yor qilmadi menga vafo, (x2)
    Yuragimni ul bevafo
    O’tga yoqar, o’tga yoqar. (x2)

    Chaqmoq chaqar, chaqmoq chaqar,
    Yomg’ir yog’ar, yomg’ir yog’ar,
    Men sevganim, men suyganim,
    Kimga boqar, kimga boqar?

    Men sevganim, men suyganim,
    Kimga boqar, kimga boqar?

    Sevgim g’unchalari so’lib,
    Hijronlardan ko’nglim to’lib, (x2)
    Ko’zlarimdan daryo bo’lib,
    Yoshlar oqar, yoshlar oqar. (x2)

    Chaqmoq chaqar, chaqmoq chaqar,
    Yomg’ir yog’ar, yomg’ir yog’ar, (x2)
    Men sevganim, men suyganim,
    Kimga boqar, kimga boqar? (x2)

    Kimga boqar, kimga boqar?
    Chaqmoq chaqar, chaqmoq chaqar,
    Yomg’ir yog’ar, yomg’ir yog’ar…