• Qo`llarim yetmagan oy bo`ldingizmi?
    Men majnuntol bo`lsam, soy bo`ldingizmi? (x2)
    Sevgimizni sotib, boy bo`ldingizmi?
    Yor, yor bo`lmadingiz menga, Dilorom. (x2)

    Muhabbatdan kuylar bu bahor fasli,
    Muboraklar bo`lsin o`zga yor vasli. (x2)
    Sizni sevmoq uchun kelganman asli,
    Yor, yor bo`lmadingiz menga, Dilorom. (x2)

    Nahot so`qir ekan, kar ekan dunyo,
    Mening ko`z yoshimga zor ekan dunyo. (x2)
    Netay, ikkimizga tor ekan dunyo,
    Yor, yor bo`lmadingiz menga, Dilorom. (x2)

    Yor, yor bo`lmadingiz menga, Dilorom,
    Yor, yor bo`lmadingiz menga, Dilorom.