Ozodbek Nazarbekov - Farg'onada bir qiz bor

Ozodbek Nazarbekov

Farg`onada bir qiz bor

Farg`onada bir qiz bor,
Qoshi qaro qunduz bor. (x2)
Chaqnab turar ko`zlari,
Manglayida yulduz bor. (x2)
Farg`onada bir qiz bor.

O`n besh kunlik oygina,
Go`zallikka boygina, (x2)
Voh, tog`dagi kiyikdek
Sho`xliklari soygina.

Farg`onada bir qiz bor,
Qoshi qaro qunduz bor. (x2)

Ko`zlaridan adoman,
So`zlaridan adoman, (x2)
Men shu qizning ishqida
Devona-yu gadoman.

Farg`onada bir qiz bor,
Qoshi qaro qunduz bor. (x2)

Yolg`izgina malagim,
Izlaganim, keragim, (x2)
Uni bir kun ko`rmasam,
To`xtab qolar yuragim.

Farg`onada bir qiz bor,
Qoshi qaro qunduz bor. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Farg`onada bir qiz bor
Xonanda:
Ozodbek Nazarbekov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 27, 2015