• Qistirubdurmu boshi atrofig`a jonona gul,
    Yo magar ruxsor sham’ig`a erur parvona gul.
    Ne uchun yuz chok qilmishdur yaqosin, ey pari,
    Gul yuzung ko`rgach agar bo`lmaydurur devona gul. (x2)

    Jismi sartosar yonib, o`tlug` uzoring tobidin,
    Sadqa aylar boshingga o`zini yona-yona gul.
    To tamoshoyi jamoling nash’asidin oldi kom,
    Surx ro`lig` birla aylar xandayi mastona gul. (x2)

    Qistirubdurmu boshi atrofig`a jonona gul,
    Yo magar ruxsor sham’ig`a erur parvona gul.
    Ne uchun yuz chok qilmishdur yaqosin, ey pari,
    Gul yuzung ko`rgach agar bo`lmaydurur devona gul.

    Kelmasa kulbangg`a yoring, Ogahiy yo`qtur ajab,
    Kim qachon qilg`usi bulbul oshyonin xona gul.
    Yor birla hamsuhbat o`lsang, gul kelturma bazm aro,
    Kim bu xilvat ichradur nomahramu begona gul.

    Kelmasa kulbangg`a yoring, Ogahiy yo`qtur ajab,
    Kim qachon qilg`usi bulbul oshyonin xona gul.

    Jismi sartosar yonib, o`tlug` uzoring tobidin,
    Sadqa aylar boshingga o`zini yona-yona gul.
    To tamoshoyi jamoling nash’asidin oldi kom,
    Surx ro`lig` birla aylar xandayi mastona gul.

    Qistirubdurmu boshi atrofig`a jonona gul,
    Yo magar ruxsor sham’ig`a erur parvona gul.
    Ne uchun yuz chok qilmishdur yaqosin, ey pari,
    Gul yuzung ko`rgach agar bo`lmaydurur devona gul. (x2)

    Gulshan o`ldi gul yuzing vaslidin elga shonasi,
    Bilmadim topg`ay qachon bizning buzuq koshona gul?
    Tut g`animat necha kun ayshu tarab ayyomini,
    Kim na bulbul qolg`usi bu bog` aro, jonona gul.

    Dema shabnam, bog` arokim, bevafolig` dardidin,
    Sochg`usidur har sahar ashkini dona-dona gul.

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.