Gul uzilsa go’zalmas, shoxida tursa go’zal,
Yor o’zimas, yorining yonida yursa go’zal. (x2)

Sulton bo’lib taxtiga, ahd qo’shilib ahdiga,
Malikasin baxtiga binolar qursa go’zal. (x2)

Gul uzilsa go’zalmas, shoxida tursa go’zal,
Yor o’zimas, yorining yonida yursa go’zal.
Yonida yursa go’zal.

O, essa ajib, sho’x sabo, chalsa ishqiy bir navo,
Orzuingdagi zebo yurakdan ursa go’zal. (x2)

Gul uzilsa go’zalmas, shoxida tursa go’zal,
Yor o’zimas, yorining yonida yursa go’zal.
Yonida yursa go’zal.

Avaylashib bir-birin, oshkor etib bor sirin,
So’z qolmay shirin-shirin xayollar sursa go’zal. (x2)

Gul uzilsa go’zalmas, shoxida tursa go’zal,
Yor o’zimas, yorining yonida yursa go’zal. (x2)
Yonida yursa go’zal.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Gul
Xonanda:
Ozodbek Nazarbekov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 24, 2014