• Furqating o`lturur meni, tutma ravo, jigi-jigi,
    Ko`nglim olib yoshurmag`il, bahri Xudo, jigi-jigi. (x2)

    Chun ko`zi, qoshu qad ila bizni ko`ngilsiz aylading,
    Qilma havola jonima, o`zga ano, jigi-jigi.

    Oy yuzingizni ko`rgali o`zgaga solmadim nazar,
    Sen dog`i saqla mehr ila haqqi vafo, jigi-jigi.

    Furqating o`lturur meni, tutma ravo, jigi-jigi,
    Ko`nglim olib yoshurmag`il, bahri Xudo, jigi-jigi. (x2)

    Chun seni Tengri rahmatu lutfu mujassam ayladi,
    Loyiq emas sanga sitam, qilma jafo, jigi-jigi.

    La’li labingdin o`zga yo`q, dardima chora qilguvchi,
    So`rdir o`shandin, ey begim, bizga shifo, jigi-jigi.

    Furqating o`lturur meni, tutma ravo, jigi-jigi,
    Ko`nglim olib yoshurmag`il, bahri Xudo, jigi-jigi. (x2)

    Qush tili andalibidek Lutfiy xasta yolborur, {x2}
    Gul kabi chehradin oni tutma judo, jigi-jigi. {x2}

    Furqating o`lturur meni, tutma ravo, jigi-jigi,
    Ko`nglim olib yoshurmag`il, bahri Xudo, jigi-jigi. (x2)

    Tutma judo, jigi-jigi… Tutma judo, jigi-jigi…

    Ushbu qo’shiq matni uchun Bayram O’serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.