• Ozodbek Nazarbekov - Jiyda gulim

    Ozodbek Nazarbekov

    Jiyda gulim

    Jiyda gulim, jiyda gulim,
    Jilvalari mayda gulim,
    Onam bag’rin sog’indim man,
    Onamday bir suyda, gulim. (x2)

    Yo’limga ko’z tikar edi,
    Poyimga dil to’kar edi, (x2)
    Onam rayhon ekar edi,
    Ko’nglim o’shal bo’yda, gulim.

    Jiyda gulim, jiyda gulim,
    Jilvalari mayda gulim,
    Onam bag’rin sog’indim man,
    Onamday bir suyda, gulim.

    Ko’nglim cho’ksa xozir edi,
    Erkalashi huzur edi, (x2)
    “Ona” desam, “jon” der edi,
    Endi jonlar qayda, gulim?

    Jiyda gulim, jiyda gulim,
    Jilvalari mayda gulim,
    Onam bag’rin sog’indim man,
    Onamday bir suyda, gulim.

    Kuyukligi kunda edi,
    Bir oh desam, shunda edi, (x2)
    Onam dardi manda edi,
    Maning dardim kimda, gulim. (x2)

    Jiyda gulim, jiyda gulim,
    Jilvalari mayda gulim,
    Onam bag’rin sog’indim man,
    Onamday bir suyda, gulim. (x2)

    (Jiyda gulim…)