• Parvona keldim, sultona keldim,
    Devona keldim, qurbona keldim. (x2)

    Jamoling sham’ina parvona keldim,
    Firoq o`tina yona-yona keldim.

    Firoqing zulmidin dod istamakka,
    Seningtek nozanin sultona keldim.

    Pari ruxsora, sentek dilraboni
    Ko`royin deb, meni devona keldim.

    Labingdin so`rg`ali keldim tabuqda,
    Xizrdek chashmai hayvona keldim.

    Parvona keldim, sultona keldim,
    Devona keldim, qurbona keldim. (x2)

    Yuzungning hajridin jonimg`a yettim,
    Aning uchun seningtek jona keldim.
    Qoshing yosin ko`rub iyd oyidur deb,
    Qoshingda Lutfiydek qurbona keldim. (x2)

    Pari ruxsora, sentek dilraboni
    Ko`royin deb, meni devona keldim.

    Parvona keldim, sultona keldim,
    Devona keldim, qurbona keldim. (x2)