• Ko`zingni o`ynatma, kulma, qarama,
    Nozli nigohlaring kerakmas sening.
    Bog`lab olarman, deb endi o`ylama,
    Tortgan u ohlaring chin emas sening.

    Bog`lab olarman, deb endi o`ylama,
    Tortgan u ohlaring chin emas sening.

    Ko`p kunlar sudrading tusmol yo`llarda,
    Men ham tilsizlarcha ergashdim, ketdim.
    Adashgan ekanman bilsam, cho`llarda,
    Mana endilikda tushunib yetdim.

    Adashgan ekanman bilsam, cho`llarda,
    Mana endilikda tushunib yetdim.

    Tushundim – bu totli xayollar hayot,
    Aldanmas bu yurak shirin so`zingga.
    Kelma, ey aldamchi, kelmagin zinhor,
    Termulish yo`q endi orsiz yuzingga.

    Kelma, ey aldamchi, kelmagin zinhor,
    Termulish yo`q endi orsiz yuzingga. {x3}

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.