Ozodbek Nazarbekov - Kiyigim cho`chima

Ozodbek Nazarbekov

Kiyigim cho’chima

Kiyigim, cho`chima nigohlarimdan,
Senga ozor berish gunoh bilaman. (x2)
Lekin ayrilishni o`ylamam sendan,
Daryoga aylansang, qirg`oq bo`laman. (x2)

Hech kimga bermayman, sevsang-sevmasang,
Bir kuni ko`zlaringda kunni ko`raman.
Oh buncha ham nozik, go`zal bo`lmasang,
Men seni sevaman, seni sevaman!

Oh buncha ham nozik, go`zal bo`lmasang,
Seni sevaman, seni sevaman!

Ko`rmasam, boshimdan xushim uchadi,
Devona bo`laman, telba bo`laman. (x2)
Begona nigohlar kuzatsa seni,
Boshingda chaqnagan chaqmoq bo`laman. (x2)

Hech kimga bermayman, sevsang-sevmasang,
Bir kuni ko`zlaringda kunni ko`raman.
Oh buncha ham nozik, go`zal bo`lmasang,
Men seni sevaman, seni sevaman!

Oh buncha ham nozik, go`zal bo`lmasang,
Seni sevaman, seni sevaman!

Men chindan sevaman, qaniydi bilsang,
Sen bo`lsang omonman, sensiz o`laman.
Mendan qochib qirda qizg`aldoq bo`lsang,
Poyingga to`kilib tuproq bo`laman.

Hech kimga bermayman, sevsang-sevmasang,
Bir kuni ko`zlaringda kunni ko`raman.
Oh buncha ham nozik, go`zal bo`lmasang,
Men seni sevaman, seni sevaman!

Oh buncha ham nozik, go`zal bo`lmasang,
Seni sevaman, seni sevaman!

Kiyigim, cho`chima nigohlarimdan,
Senga ozor berish gunoh bilaman..

Ushbu qo’shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Kiyigim cho’chima
Xonanda:
Ozodbek Nazarbekov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 28, 2016