• Bilmay ko’ngil qo’yibman,
    Ishq o’tida kuyibman, (x2)
    Tanlab-tanlab yor, sevar
    Bag’ritoshni suyibman. (x2)

    Sen meni sevmasang ham,
    Sen meni kutmasang ham, (x2)
    Kutaman, kutaman, kutaman,
    Kutaman, kutaman, kutaman.

    Armon bo’lma, muhabbat,
    Sarson bo’lma, muhabbat, (x2)
    Bir-biriga yetolmay
    Xazon bo’lma, muhabbat. (x2)

    Sen meni sevmasang ham,
    Sen meni kutmasang ham, (x2)
    Kutaman, kutaman, kutaman,
    Kutaman, kutaman, kutaman.

    Ishq kuyi emas bozor,
    Sevgidan ko’rdim ozor, (x2)
    Muhabbatning bog’lari
    Nahot bo’lsa tikonzor? (x2)

    Sen meni sevmasang ham,
    Sen meni kutmasang ham, (x2)
    Kutaman, kutaman, kutaman,
    Kutaman, kutaman, kutaman.

    Endi ko’ngil qo’ymasman,
    Bevafoni suymasman, (x2)
    Muhabbatning bog’iga
    Qaytib qadam qo’ymasman. (x2)
    Ammo…

    Kutaman, kutaman, kutaman,
    Kutaman, kutaman, kutaman.