• Ozodbek Nazarbekov - Oh kimga yomon

    Ozodbek Nazarbekov

    Oh kimga yomon

    Yorim kelmasa hamon, oh kimga yomon,
    Qadrim bilmasa nodon, oh kimga yomon? (x2)
    Afsuslarning bag’riga to’lib ketarman,
    Oh kimga yomon, oh kimga yomon?
    Oh kimga yomon? O’ziga yomon.

    Mag’rurligi o’ziga balo keltirar,
    Bilmaydi, yosh boshiga g’avg’o keltirar. (x2)
    Yorim kelmasa hamon, oh kimga yomon,
    Qadrim bilmasa nodon, oh kimga yomon?
    Afsuslarning bag’riga to’lib ketarman,
    Oh kimga yomon, oh kimga yomon?
    Oh kimga yomon? O’ziga yomon.

    Sog’inganin aytmaydi, o’zim bilarman,
    Kelmasa kelmas, bormay ajab qilarman. (x2)
    Kelganida o’zganing yori bo’larman, (x2)
    Oh kimga yomon, oh kimga yomon?
    Oh kimga yomon? O’ziga yomon.

    Yorim kelmasa hamon, oh kimga yomon,
    Qadrim bilmasa nodon, oh kimga yomon?
    Afsuslarning bag’riga to’lib ketarman,
    Oh kimga yomon, oh kimga yomon?
    Oh kimga yomon? Oh kimga yomon?

    Oh kimga yomon? O’ziga yomon.
    Oh kimga yomon? O’ziga yomon.