• Seni juda barno derlar,
    Qoshlaringni qaro derlar.
    Yetolmasdan ming oshiqlar,
    Yo`llaringda gado derlar. (x2)

    Olis-olis uzoq manzillar,
    Xayollarim sen tomon boshlar.
    Bir zumgina topa olmasdan,
    Alamlarim ko`zimni yoshlar.

    Olis-olis uzoq manzillar,
    Xayollarim sen tomon boshlar.

    Yolg`on va’dalarga ko`mildi dillar,
    Sevgidan so`zlamas, ojizdir tillar. (x2)
    Endi uzatsak ham yetmaydi qo`llar,
    Ishq izlari hamon qalbimni tirnar. (x2)

    Olis-olis uzoq manzillar,
    Xayollarim sen tomon boshlar. (x2)
    Bir zumgina topa olmasdan,
    Alamlarim ko`zimni yoshlar.

    Olis-olis uzoq manzillar,
    Xayollarim sen tomon boshlar.
    Bir zumgina topa olmasdan,
    Alamlarim ko`zimni yoshlar.

    Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O’serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz