• Ozodbek Nazarbekov - Onam allasi

    Ozodbek Nazarbekov

    Onam allasi

    (Qo`sh beshikda borim bolam,
    Qatordagi norim bolam,
    Qarchig`ayim, sorim bolam,
    Nomusim ham orim bolam.
    Uxla, yulduzim, alla-yo,
    Orom ol, qo`zim, alla.

    Umring xazon bo`lmasin-o,
    Baxting armon bo`lmasin-o,
    Qomatlaring tik bo`lsin,
    Tanlaganing oy bo`lsin.
    Uxla, yulduzim, alla-yo,
    Orom ol, qo`zim, alla.

    Uxla, jonim, alla-yo,
    Orom ol, qo`zim, alla. {x2})

    Jon ozig`i bo`lar ekan navoda,
    Qancha kuylar bordur jondan ziyoda, (x2)
    Lek baridan menga aziz dunyoda {x2}
    Onam allasi, onam allasi, ey onam allasi.

    Vujudimda nedur yurar tinglasam,
    Yuragim boshqacha urar tinglasam, (x2)
    Jon-jonimga titroq solar tinglasam {x2}
    Onam allasi, onajonim allasi, onam allasi.

    Allasi ko`zda yosh bo`lib qaytsa ham,
    Goh berilib goho xasta aytsa ham, (x2)
    Ta’sirli pichirlab asta aytsa ham, {x2}
    Onam allasi, onajonim allasi, onam allasi.

    Alla bolam, desa ruhim dam olar,
    Tanamda charchoqlar zumda yo`qolar, (x2)
    Jarangli, bir umr quloqda qolar, {x2}
    Onam allasi, onam allasi, ey onam allasi.

    Sen onamdan menga qolgan zo`r malham,
    Xotirimdan ketmas, sodiqsan har dam, (x2)
    Dunyoda bor kuyga seni alishmam, {x2}
    Onam allasi, onam allasi, ey onam allasi.

    Jon ozig`i bo`lar ekan navoda,
    Qancha kuylar bordur jondan ziyoda, (x2)
    Lek baridan menga aziz dunyoda {x2}
    Onam allasi, onam allasi, onam allasi.

    (Uxla, jonim, alla-yo,
    Orom ol, qo`zim, alla,
    Orom ol, qo`zim, alla-yo…)