Ozodbek Nazarbekov - Onam bo'lsaydi

Ozodbek Nazarbekov

Onam bo’lsaydi

Yarim ko’nglim qani to’lsaydi,
Go’dak qalbim diydor qo’msaydi,
Sochlari oq, hasta bo’lsa ham
Orangizda onam bo’lsaydi. (x2)

Xo’p yosh edim, yosh qolib ketdim,
Ko’zlarimda yosh qolib ketdim,
Yosh boladay erkalab aytdim,
Orangizda onam bo’lsaydi.
Yosh boladay erkalab aytdim,
Orangizda onam bo’lsaydi.

Onasi bor ko’ngli oydami,
Davralarda yoki to’ydami,
So’nggi qator, so’nggi joydami
Orangizda onam bo’lsaydi.

Farzandlarin to’yin ko’rmagan,
Nabiralar bo’yin ko’rmagan,
Hech bo’lmasa qirqqa kirmagan,
Orangizda onam bo’lsaydi.

Yarim ko’nglim qani to’lsaydi,
Go’dak qalbim diydor qo’msaydi,
Sochlari oq, hasta bo’lsa ham
Orangizda onam bo’lsaydi.

Sochlari oq, hasta bo’lsa ham
Orangizda onam bo’lsaydi.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Onam bo’lsaydi
Xonanda:
Ozodbek Nazarbekov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 21, 2014