Ozodbek Nazarbekov - O'zbekiston

Ozodbek Nazarbekov

O’zbekiston

Go`zal yurtim, betakrorim,
Muqaddasim O`zbekiston,
Jonim fido, Vatanim.

Yigirma besh yilkim, to`xtamas karvon,
Shijoat, shahdiga lol ahli jahon.
Boshida parvona baxt qushi – xumo,
Buyuk manzillarni ko`zlagan sarbon.
Temurbekdan meros qudratim-shonim,
O`zimniki bo`lgan O`zbekistonim.

Go`zal yurtim, betakrorim,
Muqaddasim O`zbekiston,
Jonim fido, Vatanim. (x2)

Musaffo ko`nglingda yo`q zarra g`ubor,
O`zing yagonasan, o`zing betakror.
Jonim senga fido muqaddas Vatan,
Tuprog`i ko`zlarga to`tiyo diyor.
Osuda zaminim, tiniq osmonim,
O`zimniki bo`lgan O`zbekistonim.

Go`zal yurtim, betakrorim,
Muqaddasim O`zbekiston,
Jonim fido, Vatanim. (x2)

O`zbekiston!

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
O’zbekiston
Xonanda:
Ozodbek Nazarbekov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 13, 2016