• Kirmoqchi bo’larlar yuragimgacha,
    Nohushlik qilsamda maqtab tonggacha, (x2)
    Xudo ko’rsatmasin yiqilsam agar,
    Mening atrofimdan qochganlar qancha?!

    Barchani muzlatgan qorsan deydilar,
    Yaxshiyam dunyoda borsan deydilar,
    Lochin yo’lda qolar sorsan deydilar,
    Qarang osmonimda uchganlar qancha?!

    Sirimni o’girlab, mehrim o’girlab,
    Xatoyim to’g’irlab, dilim sehrlab,
    Kelib qulog’imga asta pichirlab,
    Yechilmas tugunni yechganlar qancha?!

    Dardlarim yotadi titrab tanamda,
    Bitirar ishini ko’ngil xonamda,
    Jigardan yaqinim deb ostonamda,
    Maqtab sharobimni ichganlar qancha?!
    Maqtab sharobimni ichganlar qancha?!

    Ishondim ko’zdagi yoshlarin artib,
    Ketgan yaqinlarim kelganda qaytib,
    Belimda kuch qolmay qolsam gar qarib,
    Darrov kafanimni bichganlar qancha?!

    G’iybat eshigini yopdim qiynalib,
    Yopguncha ming bora ketdim loylanib,
    Sochi suluvlarga qolsam boylanib,
    Yana shu eshikni ochganlar qancha?!
    Yana shu eshikni ochganlar qancha?!

    Ko’plarim bilmaysiz dardim ichimda,
    Dard bor san’atimdan olgan kuchimda, (x2)
    G’am bilan to’qnashgan har bir kunimda,
    Bir-bir xayolimdan o’tganlar qancha?!

    O’shal g’animlarga zo’rlik qilmayman,
    Omonlik tilayman, sog’lik tilayman,
    Bilmaysiz do’stlarim men ham bilmayman,
    Sodiq do’stlaridan kechganlar qancha?!

    Bilmaysiz do’stlarim men ham bilmayman,
    Sodiq do’stlaridan kechganlar qancha?!

    Maqtab sharobimni ichganlar qancha,
    Darrov kafanimni bichganlar qancha,
    Muhammad Omondan kechganlar qancha?!