Rayhon, senga uylanaman,
Go`shangamiz bog` bo`ladi, rayhon.
Yaprog`ingga yuzim bossam,
Ma’yus ko`nglim tog` bo`ladi, rayhon. (x2)

Vafo yo`qdir go`zallarda,
Ta’riflari g`azallarda. (x2)
Diydorlashsak saharlarda,
Kimning bag`ri dog` bo`ladi, rayhon?

Rayhon, senga uylanaman,
Go`shangamiz bog` bo`ladi, rayhon.
Yaprog`ingga yuzim bossam,
Ma’yus ko`nglim tog` bo`ladi, rayhon.

Shabnam o`pgan yanoqlaring,
Durlar to`kar dudoqlaring. (x2)
Yashil, mayin yaproqlaring
Qaddima belbog` bo`ladi, rayhon.

Rayhon, senga uylanaman,
Go`shangamiz bog` bo`ladi, rayhon.
Yaprog`ingga yuzim bossam,
Ma’yus ko`nglim tog` bo`ladi, rayhon.

Qachon fursat yor-yorlarga,
Burkanamiz iforlarga? (x2)
Ko`klam fasli bahorlarga
Ko`zlarim mushtoq bo`ladi, rayhon.

Rayhon, senga uylanaman,
Go`shangamiz bog` bo`ladi, rayhon.
Yaprog`ingga yuzim bossam,
Ma’yus ko`nglim tog` bo`ladi, rayhon. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Rayhon
Xonanda:
Ozodbek Nazarbekov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 17, 2017