Ozodbek Nazarbekov - Seni sevdim

Ozodbek Nazarbekov

Seni sevdim

Go’zal isming jismimda yashar,
Seni desam yuragim yashnar, (x2)
Bu dunyo ham jannatga o’xshar,
Sen chiroyli kulganing uchun. (x2)

Kokilingga ol meni boylab,
Sevdim ishqing ko’ksimga joylab, (x2)
Go’zallardan meni avaylab,
Qizg’onib rashk qilganing uchun. (x2)

Zor yursak-da bu ishq ko’yida,
Visolimiz taqdir qo’lida. (x2)
Seni sevdim Olloh yo’lida,
Meni yaxshi ko’rganing uchun. (x2)

Chehrang oftob nurlari ichra,
Porlamish zar, durlari ichra, (x2)
Shu zamonning hurlari ichra
O’zing tanho bo’lganing uchun. (x2)

Zor yursak-da bu ishq ko’yida,
Visolimiz taqdir qo’lida. (x2)
Seni sevdim Olloh yo’lida,
Meni yaxshi ko’rganing uchun. (x2)

“Sevdim yonib, yuragim to’lib”, –
Desam shirin jilmayib qo’yib, (x2)
Bir so’z demay, esli qiz bo’lib,
Gaplarimga kirganing uchun. (x2)

Zor yursak-da bu ishq ko’yida,
Visolimiz taqdir qo’lida. (x2)
Seni sevdim Olloh yo’lida,
Meni yaxshi ko’rganing uchun. (x2)
Gaplarimga kirganing uchun.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Seni sevdim
Xonanda:
Ozodbek Nazarbekov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 11, 2014