Ozodbek Nazarbekov - Seni sevib qolibman go'zal

Ozodbek Nazarbekov

Seni sevib qolibman go’zal

Seni sevib qolibman, go’zal,
Devonalar bo’libman, go’zal, (x2)
Jonim senga fidolar qilay,
Afsonalar bo’libman, go’zal. (x2)

Seni sevib qolibman, go’zal,
Devonalar bo’libman, go’zal.

Yo’qoldi, yor, menda halovat,
Yuragim ham bo’ldi betoqat, (x2)
Azoblarga qolmayin faqat,
Devonalar bo’libman, go’zal. (x2)

Seni sevib qolibman, go’zal,
Devonalar bo’libman, go’zal.

Hanjar etib xumorlaringni,
Yor, ko’rsatma ozorlaringni, (x2)
Oxir ko’ray ruxsorlaringni,
Devonalar bo’libman, go’zal. (x2)

Seni sevib qolibman, go’zal,
Devonalar bo’libman, go’zal, (x2)
Jonim senga fidolar qilay,
Afsonalar bo’libman, go’zal. (x2)

Seni sevib qolibman, go’zal,
Devonalar bo’libman, go’zal.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Seni sevib qolibman go’zal
Xonanda:
Ozodbek Nazarbekov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 27, 2015