Men senga dunyolar bermadim,
Yorim deb ko’ksimni kermadim, (x2)
Sen uchun bog’dan gul termadim,
Olaver hayotim seniki. (x2)

Oshiq dil misoli devona,
Unga bu dunyolar begona, (x2)
Xayolim boshingda parvona,
Olaver hayotim seniki. (x2)

Osmonim bulutli gohida,
Lek nur bor ko’nglimning toqida, (x2)
Ko’rayin vujudim sog’ida,
Olaver hayotim seniki. (x2)

Erta-kech gul kutib o’ksima,
Hayotim oldida gul nima? (x2)
Kelib bosh qo’ysang bas ko’ksima,
Olaver hayotim seniki. (x2)

Men senga dunyolar bermadim,
Yorim deb ko’ksimni kermadim, (x2)
Sen uchun bog’dan gul termadim,
Olaver hayotim seniki.
Seniki…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Seniki
Xonanda:
Ozodbek Nazarbekov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 28, 2014