Ozodbek Nazarbekov - Sevmading sen

Ozodbek Nazarbekov

Sevmading sen

Sevmading sen, dili toshim,
Dilimga cho`kdi qo`rg`oshin.
Ko`zimdan toshdi ko`z yoshim,
G`amkash buloq sevmish meni.

Sevmading sen, yetolmasdan
Senga termuldim olisdan.
Haddan ziyoda yolg`izman,
Netay, tuproq sevmish meni.

Sevmading sen, sevmading sen, {x2}
Har qadamda xatar bergan,
Har yutimda zahar bergan.
Suyganiga dardlar bergan
Tangrim ko`proq sevmish meni.

Sevmading sen, ayt yuragim,
Xazon tushgan may yuragim,
Qandoq ovutay yuragim,
Keksa yaproq sevmish meni.

Sevmading sen, atirgulim,
Sevgi asli nadir gulim?
U singan ignadir gulim,
Singan chaqmoq sevmish meni.

Sevmading sen, sevmading sen,
Sevmading sen, sevmading sen,
Har qadamda xatar bergan,
Har yutimda zahar bergan.
Suyganiga dardlar bergan
Tangrim ko`proq sevmish meni. (x1+x2)

Ushbu qo’shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sevmading sen
Xonanda:
Ozodbek Nazarbekov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 18, 2016