Ozodbek Nazarbekov, Gulsanam Mamazoitova - Shu aziz Vatan barchamizniki

Gulsanam Mamazoitova, Ozodbek Nazarbekov

Shu aziz Vatan barchamizniki

[Ozodbek Nazarbekov]
Qancha dovondan o`tdik, dasht-biyobondan o`tdik,
O`tdik baland-pastlardan, yaxshi-yomondan o`tdik.
Sinashta bo`ldik, do`stim, yurt qadrin bildik, do`stim,
Kamol berdi ozodlik, qudratga to`ldik, do`stim.

Bizlarga meros Vatan, topgaydir e’zoz Vatan,
Bizdan qolsin ertaga go`zal, beqiyos Vatan.
Bu chaman, bu gulshan, shu aziz Vatan
Barchamizniki!

Bu chaman, bu gulshan, shu aziz Vatan
Barchamizniki!

[Gulsanam Mamazoitova]
Xudo berdi bu yurtga, daho berdi bu yurtga,
Sohibqiron vorisi, ziyo berdi bu yurtga.
Qurgin, yaratgin yurtdosh, yog`du taratgin yurtdosh,
O`zin tanigan elga yodin yaratgan yurtdosh.

Bizlarga meros Vatan, topgaydir e’zoz Vatan,
Bizdan qolsin ertaga go`zal, beqiyos Vatan.
Bu chaman, bu gulshan, shu aziz Vatan
Barchamizniki!

Bu chaman, bu gulshan, shu aziz Vatan
Barchamizniki!

[Abdurashid Yo’ldoshev]
Tuproq osti ham boylik, tuproq usti ham boylik,
Qadrin bilib, ardoqlab, quchog`ingda jam boylik.
Yurtimiz ozod, do`stim, ozodu obod, do`stim,
Imkonimiz bor ekan, bog`laylik qanot, do`stim.

Bizlarga meros Vatan, topgaydir e’zoz Vatan,
Bizdan qolsin ertaga go`zal, beqiyos Vatan.
Bu chaman, bu gulshan, shu aziz Vatan
Barchamizniki!

Bu chaman, bu gulshan, shu aziz Vatan
Barchamizniki!

[Ziyoda]
O`zbekiston baxtimiz, g`ururlansak haqlimiz,
Eng buyuk boyligimiz – shu bunyodkor xalqimiz.
Otam o`sgan tuproq bu, onam o`sgan tuproq bu,
Ko`zga surtay gardini, bolam o`sgan tuproq bu.

Bizlarga meros Vatan, topgaydir e’zoz Vatan,
Bizdan qolsin ertaga go`zal, beqiyos Vatan.
Bu chaman, bu gulshan, shu aziz Vatan
Barchamizniki!

Bu chaman, bu gulshan, shu aziz Vatan
Barchamizniki! {x3}

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Shu aziz Vatan barchamizniki
Xonanda:
Gulsanam Mamazoitova, Ozodbek Nazarbekov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 27, 2016