• Bahor keldi, siz ham keling turnalar,
    Kelmasangiz yurak-bag’rim tirnalar. (x2)
    Sizni kutar qoraqosh, ko’z surmalar,
    Zoriqtirmay erta keling turnalar.
    Suyunchi deb, qanotingiz ostida
    Qaldirg’ochni olib keling turnalar.

    Turnalar, oh turnalar,
    Qaldirg’ochni olib keling turnalar.
    Turnalar, oh turnalar,
    Zoriqtirmay erta keling turnalar.

    Binafshalar yo’lingizga ko’z tutar,
    Ayoz achchiq zaxrini ichga yutar. (x2)
    Hasta yurak dardlari asta bitar,
    Ishq kuyini chalib keling turnalar.
    Suyunchi deb, qanotingiz ostida
    Qaldirg’ochni olib keling turnalar.

    Turnalar, oh turnalar,
    Qaldirg’ochni olib keling turnalar.
    Turnalar, oh turnalar,
    Zoriqtirmay erta keling turnalar.

    Keksayu-yosh duodadir qo’l ochib,
    Haqdan qut-baraka tilar, don sochib. (x2)
    Gina-kuduratlar dillardan qochib,
    Do’stlik kuyin chalib keling turnalar.
    Suyunchi deb, qanotingiz ostida
    Qaldirg’ochni olib keling turnalar.

    Turnalar, oh turnalar,
    Qaldirg’ochni olib keling turnalar.
    Turnalar, oh turnalar,
    Zoriqtirmay erta keling turnalar. (x2)