Ozodbek Nazarbekov - U go'zal boshqa

Ozodbek Nazarbekov

U go’zal boshqa

Uyg’onib ketaman yarim tunmi tong,
Qarayman orzular ila yonimga, (x2)
Yonimda yotadi, yonimda yotadi
Munis bir ayol,
Faqat u sen emas, u go’zal boshqa. (x2)

Yulduzlar miltirab, osmon yig’laydi,
Armon ko’zlarimni to’ldirar yoshga, (x2)
Oynadan qarayman, oynadan qarayman,
Ul yor uxlaydi,
Faqat u sen emas, u go’zal boshqa. (x2)

Hovli, olam menga tuyular zindon,
Urgularim kelar boshimni toshga,
Oydek hovlim uzra kezar bir ayol,
Faqat u sen emas, u go’zal boshqa.

Sho’rlik bu farishta dardim bilmaydi,
Menda qo’lin cho’zgan bemavrid oshga,
Ne qilay yoniga, ne qilay yoniga
Kirgim kelmaydi,
Axir u sen emas, u go’zal boshqa.

Ne qilay yoniga, ne qilay yoniga
Kirgim kelmaydi,
Axir u sen emas, u go’zal boshqa.

U go’zal boshqa…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
U go’zal boshqa
Xonanda:
Ozodbek Nazarbekov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 7, 2014