Sahardan non hidi keldi,
Eshik ochib onam kirdi,
Salom bersam duo qildi,
Shukronasi yig’lab der:
Mani Vatan yayratdi-ey.

Tinchlikka zor bo’lganlar ko’p,
Ko’zi yoshga to’lganlar ko’p,
Axir bundan yomonlar yo’q,
Takror-takror aytay yana:
Meni Vatan yayratdi-ey.

Vatanni tanlamas inson,
Vatandan nolimas inson,
Asrar uni bo’lsa iymon,
Jonimda mehri bor Vatan.

Ayting faqat shukronalar,
Qanday go’zal zamonalar,
Yetaylik tinchlik qadriga,
Jonimda jon, ey mehribon Vatan.

Tinchim borki, to’ylar ko’rdim,
Bag’rin berdi, uylar qurdim,
To’lar ko’nglim, suyar ko’nglim,
Meni Vatan yayratdi-ey.

Dunyo kezar millatchilik,
Nomardlarga nokaschilik,
Bizda hamma aziz, suyuk,
Meni Vatan yayratdi-ey.

Vatanni tanlamas inson,
Vatandan nolimas inson,
Asrar uni bo’lsa iymon,
Jonimda mehri bor Vatan.
Ayting faqat shukronalar,
Qanday go’zal zamonalar,
Yetaylik tinchlik qadriga,
Jonimda jon, ey mehribon Vatan. (x2)

Vatanni tanlamas inson,
Vatandan nolimas inson,
Asrar uni bo’lsa iymon,
Jonimda mehri bor Vatan.

Ayting faqat shukronalar,
Qanday go’zal zamonalar,
Yetaylik tinchlik qadriga,
Shukrona aytaylik tinchlik uchun.
Tinchlik uchun.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Vatan
Xonanda:
G'ulomjon Yoqubov, Ozodbek Nazarbekov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 4, 2015