Ozodbek Nazarbekov - Vatanim meni

Ozodbek Nazarbekov

Vatanim meni

Nega chaman istamas yantoq,
Sahrosidan kelmaydi beri?
Axir qo’msar yongan shu ovloq
Ne qilsa ham uning vatani. (x2)

Shu bir yantoqchalik bo’lmasam,
Bolam dema vatanim meni. (x2)

Beshigimsan allalar aytgan,
Eshigimsan kuzatib kutgan. (x2)
Har bahordan avaylab-asrab,
Erkalatib, kaftida tutgan. (x2)

Xizmatingda turmasam seni,
Bolam dema vatanim meni. (x4)

Faxrim mening – “Shoshmaqom”laring,
“Chorgoh”laring, “Sarahbor”laring.
Savlatiga dunyo bosh egkan,
Samarqand-u Buxorolaring. (x2)

Tarixingni bilmasam seni,
Bolam dema vatanim meni. (x2)
Xizmatingda turmasam seni,
Bolam dema vatanim meni. (x2)

Buyuk safar boshlading mana,
Har qadamda qilding tantana. (x2)
Farzandlarin boshin silagan
Sendayin yurt ko’rmadim yana.
Dilbandlarin boshin silagan
Sendayin yurt ko’rmadim yana.

Agar qadring bilmasam seni,
Bolam dema vatanim meni. (x4)
Xizmatingda turmasam seni,
Bolam dema vatanim meni. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Vatanim meni
Xonanda:
Ozodbek Nazarbekov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 24, 2015