Ozodbek Nazarbekov - Xafa bo'laman

Ozodbek Nazarbekov

Xafa bo’laman

Shuncha kutdim bir kelmasang,
Xafa bo’laman, xafa bo’laman.
Bir jilmayib, bir kulmasang,
Xafa bo’laman, xafa bo’laman. (x2)

Osmonimda yulduzimsan,
Ko’zda nurim, kunduzimsam. (x2)
Sen ranjisang, men o’zimdan
Xafa bo’laman, xafa bo’laman. (x2)

Yuragimni tirnar gumon,
Shubha dilni chaqar ilon.(x2)
Gar kelmasang, sendan yomon
Xafa bo’laman, xafa bo’laman.(x2)

Dildan dardim o’chirolmay,
Baxt sharobin ichirolmay, (x2)
O’zimni ham kechirolmay,
Xafa bo’laman, xafa bo’laman. (x2)

Hali izlab kelasanku,
Oshiq qalbim sezasanku, (x2)
Yana o’zing bilasanku,
Xafa bo’laman, xafa bo’laman. (x2)

Shuncha kutdim bir kelmasang,
Xafa bo’laman, xafa bo’laman.
Bir jilmayib bir kulmasang,
Xafa bo’laman, xafa bo’laman.

Shuncha kutdim bir kelmasang,
Xafa bo’laman.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Xafa bo’laman
Xonanda:
Ozodbek Nazarbekov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 21, 2014