• Ozodbek Nazarbekov - Xato derlar

    Ozodbek Nazarbekov

    Xato derlar

    Sevish asli jafo derlar,
    Balki rost yo xato derlar.
    Oshiqlardan so’rab ko’rdim –
    Sevgi haqdan ato derlar. (x2)
    Sevgi haqdan ato derlar.

    Bormi menga qayg’urganlar,
    Mening holimni so’rganlar? (x2)
    Bu ahvolimni ko’rganlar
    Bo’libsanku ado derlar. (x2)

    Sevish asli jafo derlar,
    Balki rost yo xato derlar.
    Oshiqlardan so’rab ko’rdim –
    Sevgi haqdan ato derlar. (x2)
    Sevgi haqdan ato derlar.

    Dardimni bilmagay dardsiz,
    Ahdimni bilmagay ahdsiz.
    Tushunmaslar meni xargiz,
    Sevgidan bo’l judo derlar.

    Yetolmayin men yonaman,
    Hajrida zor giryonaman.
    Men bir oshiq devonaman,
    Tanimasdan gado derlar.

    Sevish asli jafo derlar,
    Balki rost yo xato derlar.
    Oshiqlardan so’rab ko’rdim –
    Sevgi haqdan ato derlar. (x2)
    Sevgi haqdan ato derlar.

    Sevish asli jafo derlar,
    Sevgi haqdan ato derlar.