• Yangi tilak, yangi umid, yangi kunda
    Diydor shirin, bayramlarning zavqi shunda. (x2)
    Yana bir yil nihoyasi, qutlug’ kunda,
    Yangi yilga birga qadam qo’ying, do’stlar,
    Bizlar bilan o’ynab-kuling, do’stlar.

    Oppoq qorlar olib keldi qorbobo, qorbobo,
    Sovg’alarga to’lib keldi qorbobo, qorbobo. (x2)

    Baland archa atrofidan ketging kelmas,
    Qalbingizdan niyat qiling, hech kim bilmas. (x2)
    O’tgan yil ham sofligidan eski yilmas,
    Yangi yildan ezguliklar kuting, do’stlar,
    Bizlar bilan o’ynab-kuling, keling, do’stlar.

    Yangi yildan ezguliklar kuting, do’stlar,
    Bizlar bilan o’ynab-kuling, keling, do’stlar.

    Oppoq qorlar olib keldi qorbobo, qorbobo,
    Sovg’alarga to’lib keldi qorbobo, qorbobo. (x2)

    Duo qiling, qor yomg’irlar soy bo’lsin deb,
    Duo qiling, topganimiz oy bo’lsin deb.
    Bu yilni ham omadlarga boy bo’lsin deb,
    Yangi yilga birga qadam qo’ying, do’stlar,
    Bizlar bilan o’ynab-kuling, keling, do’stlar.

    Yana bir yil nihoyasi, qutlug’ kunda,
    Yangi yilga birga qadam qo’ying, do’stlar. {x2}

    Oppoq qorlar olib keldi qorbobo, qorbobo,
    Sovg’alarga to’lib keldi qorbobo, qorbobo. (x2)