O`lturur hijron meni ul rohati jondin yiroq,
Tushmasin gul mavsumi hech kimsa jonondin yiroq,
Tushmasin gul mavsumi hech kimsa jonondin yiroq. (x2)

Yoz faslikim erur aysh-u tarabning mavsumi,
Soldi bulbultek meni gardun gulistondin yiroq.
Lolatek bag`rimda dog` erdi, ajabkim qolmisham
Bir sumanbar yuzi gul, sarvi xiromondin yiroq. (x2)

Bir sumanbar yuzi gul, sarvi xiromondin yiroq.

Do`stlarning ko`ngli gultek ochilib gulgasht aro,
Men muningdek yozida ul aysh-u javlondin yiroq. {x2}

Ey ko`ngul, hasratta jon bergil, dag`i vasl istama,
Kim, erur mehr-u vafo ul shohi xubondin yiroq. {x2}

Ko`rkning bog`inda yig`mish mahvashim gul xirmani,
Bir nafas ul vajh ila ermasman afg`ondin yiroq.

Lutfiy zulf-u yuzudin hayrat maqominda tushub,
Bir ajib olamda qolmish kufr-u imondin yiroq. {x2}

O`lturur hijron meni…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yiroq
Xonanda:
Ozodbek Nazarbekov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 25, 2016