• Yuragim-ey, senga rahmim kelib ketdi,
    Armon seni yana bir bor tilib ketdi. (x2)
    Seni doim quvontirgan sarvi gulim,
    Ko`kdagi oy o`rog`iga ilib ketdi,
    Yuragim-ey, senga rahmim kelib ketdi.

    Yuragim-ey, senga rahmim kelib ketdi,
    Suygan gulim muhabbatim olib ketdi. (x2)
    Meni o`ylab, meni o`ylab, meni o`ylab,
    Diliga tosh, ko`ziga yosh olib ketdi,
    Yuragim-ey, senga rahmim kelib ketdi.

    Yuragim-ey, senga rahmim kelib ketdi,
    Yulduz sanab, bu ko`zlarim tinib ketdi.
    Eh, bilmadim, g`aflat bosib, ko`z tegdimi,
    Bitta sirdosh chinorim ham sinib ketdi.

    Yuragim-ey, senga rahmim kelib ketdi.
    Menga shunday taqdir azal nasib etdi. (x2)
    Nigohim-la erkalagan g`uncha gulim,
    Diliga tosh, ko`ziga yosh olib ketdi,
    Yuragim-ey, senga rahmim kelib ketdi.

    Yuragim-ey, senga rahmim kelib ketdi,
    Nechun senga ko`ksim torlik qilib ketdi?
    Yuragim-ey, senga rahmim kelib ketdi,
    Dilsizlardan ma’yus ko`nglim qolib ketdi.
    Aytolmay ko`ksimdagi dardlarimni,
    Faryodimdan bo`g`zim kuyib-kuyib ketdi.

    Yuragim-ey, senga rahmim kelib ketdi,
    Menga shunday taqdir azal nasib etdi. (x2)
    Yuragim-ey, senga rahmim kelib ketdi.