So’zimga hech kirmagan yurak,
Sendek go’zal ko’rmagan yurak. (x2)
Sendan bo’lak, sendan boshqaga
Bunchalar tez urmagan yurak. (x2)

Qani yonsa, o’zidan tonsa,
Meni sevib qolsa yuraging.
Tunlari to’lg’onar, o’zidan qizg’onar,
Uyqudan uyg’onar yuragim. (x2)

Bir seni o’ylar, o’ziga joylar,
Yillaru-oylar yo’lingni poylar yuragim.
Balandga osilar, sog’inib ezilar,
Sho’xlikdan bosilar,
Dunyodan uzilar yuragim.

Qani yonsa, o’zidan tonsa,
Meni sevib qolsa yuraging.
Tunlari to’lg’onar, o’zidan qizg’onar,
Uyqudan uyg’onar yuragim. (x2)

So’zimga hech kirmagan yurak,
Sendek go’zal ko’rmagan yurak. (x2)
Sendan bo’lak, sendan boshqaga
Bunchalar tez urmagan yurak. (x2)

Qani yonsa, o’zidan tonsa,
Meni sevib qolsa yuraging.
Tunlari to’lg’onar, o’zidan qizg’onar,
Uyqudan uyg’onar yuragim.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yurak
Xonanda:
Ozodbek Nazarbekov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 16, 2014