• Pari guruhi - Jon dema

    Pari guruhi

    Jon dema

    Ko’zlaring qorasida o’zim ko’ray,
    Atrofingda parvonaman,
    So’zlaring aldasa ham nima qilay,
    Yana senga ishonaman.

    Ammo duk-duk uradi yuragim gumonda,
    Ayt sevging rostmi keragim.

    Jon dema, jon dema, jonim dema,
    Sen meni sevmasang, yorim dema,
    Bedoru bemoring bo’ldim o’zim,
    Aldama yoshlama mani ko’zim.
    Jon dema, jon dema, jonim dema,
    Sen mendan o’zgani yorim dema,
    Aylama ovora berma ozor,
    Kel sevaman degin yana bir bor.

    Qanchalar sevishimni aytgim kelar,
    Tuyg’ularim bilsang deyman,
    Kechalar kunduzlarim baxtga to’lar,
    Shahzodam bo’l, malikang man.

    Har kim ahir keladi bir bora dunyoga,
    Faqat bir bora sevadi.

    Jon dema, jon dema, jonim dema,
    Sen meni sevmasang, yorim dema,
    Bedoru bemoring bo’ldim o’zim,
    Aldama yoshlama mani ko’zim.

    Jon dema, jon dema, jonim dema,
    Sen meni sevmasang, yorim dema,
    Bedoru bemoring bo’ldim o’zim,
    Aldama yoshlama mani ko’zim.
    Jon dema, jon dema, jonim dema,
    Sen mendan o’zgani yorim dema,
    Aylama ovora berma ozor,
    Kel sevaman degin yana bir bor.