• Holimni bilmas, bilsa ham kuymas,
    Beparvoni sevib qolibmanda.
    Hijron azobi mendayin kuymas,
    Bag`ritoshni sevib qolibmanda.

    Mani habibim, mani tabibim,
    O`zing mani dardimga davo ber.
    Tanho tabibim, tanho habibim,
    Yolvoraman dardimga davo ber.

    Aldanib qoldimku men shahlo ko`zlarga,
    Aldanib qoldimku men shirin so`zlarga,
    Aldanib qoldimku oh, ko`ngli muzlarga,
    Aldanib qoldimku men, aldandim.

    Ishvasi yolg`on, jilvasi yolg`on,
    Bemehrni sevib qolibmanda.
    Bir yonda hijron, bir yonida armon,
    Bag`ritoshni sevib qolibmanda.

    Mani habibim, mani tabibim,
    O`zing mani dardimga davo ber.
    Tanho tabibim, tanho habibim,
    Yolvoraman dardimga davo ber.

    Aldanib qoldimku men shahlo ko`zlarga,
    Aldanib qoldimku men shirin so`zlarga,
    Aldanib qoldimku oh, ko`ngli muzlarga,
    Aldanib qoldimku men, aldandim.

    Yorga yetmasam nahotki, nahot?
    Shirinidan ayrilgandayin Farhod.
    Majnunning ko`yiga tushdimmi, hayhot?
    Nahotki, nahot?

    Mani habibim, mani tabibim,
    O`zing mani dardimga davo ber.
    Tanho tabibim, tanho habibim,
    Yolvoraman dardimga davo ber.

    Aldanib qoldimku men shahlo ko`zlarga,
    Aldanib qoldimku men shirin so`zlarga,
    Aldanib qoldimku oh, ko`ngli muzlarga,
    Aldanib qoldimku men, aldandim.

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.