Qilichbek Madaliyev - Oshiqligimni ayting qo'shiq matni, lyrics

Qilichbek Madaliyev

Oshiqligimni ayting

Ey yaxshilar, dildorga
Oshiqligimni ayting.
Hamroz bo`ldi dil torga,
Oshiqligimni ayting. (x2)

Dilnavoz-u dilrabo,
Ko`rgaymikan dil ravo? (x2)
Dilafro`z, dilozorga
Oshiqligimni ayting.

Holi yomon deb ayting,
Bog`i xazon deb ayting, (x2)
Gulzoda, gulbahorga
Oshiqligimni ayting.

Yuragi dog`liq mardlar,
Yurakka bog`liq dardlar, (x2)
Taskin bo`lar, bemorga
Oshiqligimni ayting.

Holi yomon deb ayting,
Bog`i xazon deb ayting, (x2)
Gulzoda, gulbahorga
Oshiqligimni ayting.

Qanoti yo`q ne xabar?
El qolmasin bexabar, (x2)
Jarchi solib, bozorga
Oshiqligimni ayting.

Holi yomon deb ayting,
Bog`i xazon deb ayting, (x2)
Gulzoda, gulbahorga
Oshiqligimni ayting.

Ey yaxshilar, dildorga
Oshiqligimni ayting… (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Ne’matullayev Xurshidjonga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Oshiqligimni ayting
Xonanda:
Qilichbek Madaliyev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 9, 2018