• Qilichbek Madaliyev

    O’zbek emas

    So`nggi paytlarda dunyoning turli joylarida sodir etilayotgan qo`poruvchilik ijrochilari o`zbek millatiga mansub degan xabarlar mening yuragimni vayron qilmoqda. Gapirmangiz, eshitmayman, yolg`on bari! Qo`li qonga botgan bo`lsa, o`zbek emas!

    Millat sha’nin sotgan bo`lsa, O`zbek emas,
    Zalolatda yotgan bo`lsa, O`zbek emas! (x2)
    Ne yozilgan hujjatida – xabarim yo`q,
    Qo`li qonga botgan bo`lsa, O`zbek emas!

    O`zbek emas, O`zbek emas,
    Millat sha’nin sotgan bo`lsa, O`zbek emas!
    O`zbek emas, O`zbek emas!

    Muhabbatni surtar ko`z-u qoshga millat,
    Mehr nomin ko`targaydir boshga millat, (x2)
    Odamkushlar, ul xudkushlar boshqa millat,
    Dunyoga dor tortgan bo`lsa, O`zbek emas!

    O`zbek emas, O`zbek emas,
    Odam qonin totgan bo`lsa, O`zbek emas!
    O`zbek emas, O`zbek emas!

    El boshini egib, bunda hayron qolsa,
    Chekib ozor, ko`ngilda bir vayron qolsa,
    Kechib dildan, iymon qolsa, Rahmon qolsa,
    Shaytoniy do`st topgan bo`lsa, O`zbek emas!

    Fazilatim – fazlim mening, illatimmas,
    Sahovatim sadrim mening, minnatimmas, (x2)
    Vatanfurush ikki dunyo millatimmas,
    Go`daklarni chopgan bo`lsa, O`zbek emas!

    Jannatmakon bog`dan uchib, qo`ngan chohga,
    Yovuzlardan obod dillar to`lar ohga, (x2)
    Bir bechora, behimoya, begunohga
    Bemahal o`q otgan bo`lsa, O`zbek emas!

    O`zbek emas, O`zbek emas,
    Millat sha’nin sotgan bo`lsa, O`zbek emas!
    O`zbek emas, O`zbek emas!

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.