Taqdirimda uchragan erkam,
Hammadan ham chiroylisan sen.
Goh arazlab, qoshing uysang ham,
Muloyimsan, muloyimsan sen.

Quyoshimsan, oyimsan mening,
Kõksimda jon joyimsan mening.
Õzing tanho yaxshi kõrganim,
Gulim mening, guloyimsan sen.

Taqdirimda uchragan erkam,
Hammadan ham chiroylisan sen.

Hijronlarga bermayman zinhor,
Sen-la mening orzuyim bisyor. (x2)
To umrbod ahdga vafodor
Beging õzim, begoyimsan sen. (x2)

Taqdirimda uchragan erkam,
Hammadan ham chiroylisan sen.
Goh arazlab, qoshing uysang ham,
Muloyimsan, muloyimsan sen.

Dunyolarga alishmam hech ham,
Atirgulim, rayonim, lolam.
Evaziga borimni berib,
Sotib olgan tilloyimsan sen, sen, sen.

Taqdirimda uchragan erkam,
Hammadan ham chiroylisan sen.
Goh arazlab, qoshing uysang ham,
Muloyimsan, muloyimsan sen. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sen
Xonanda:
Qilichbek Madaliyev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 4, 2016