Qobil Ibrohimov - G'uncha

Qobil Ibrohimov

G’uncha

Har kun boqqa borar edim ko`rgani uni,
Gulzor aro o`sayotgan nozik g`unchani.
Iliq shamol yalab o`tar unign yanog`in,
Asta-sekin hilpiratar nozik yaptog`in.

Ko`rganda u g`unchani ko`nglimda quvonch,
Kun sayin oshar menda sevgimga ishonch.
Bilmam nimalar bizni yaqin etardi,
Yulduzlardan yuksakda ko`rardim seni. {x2}

Bir kun bog`da shu g`unchani topa olmadim,
Ming afsuski, yorginamni asray olmadim.
Nahotki bir begona ko`z nazar tashladi,
Bu nozik, mayin g`unchamdan meni ayirdi.

Kim uzdi bu g`unchani shu go`zal bog`dan?
Ajratib yolg`izini, ajratib guldan.
Qani endi bu g`uncha, tunlari bedor
Sensiz o`tdi jonginam, dunyo menga tor.

Yillar o`tar, to`xtamay eslarman uni,
O`sha payt ochilmagan nozik g`unchani.
G`uncha endi ochilib, gulga aylangan,
Har zamonda kaminani esga olarkan.

Kim uzdi bu g`unchani shu go`zal bog`dan?
Ajratib yolg`izini, ajratib guldan.
Qani endi bu g`uncha, tunlari bedor
Sensiz o`tdi jonginam, dunyo menga tor.

Kechalar yulduz sanab, yulduz ko`zing deb yonaman.
Tunlari aftoda oy, kechalar begonaman. (x2)

Tunlari aftoda oy, kechalar begonaman.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
G’uncha
Xonanda:
Qobil Ibrohimov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 28, 2016

O'xshash qo'shiqlar matnlari