Qobiljon Yusupov - Oshiqlarning to'smang yo'llarin

Qobiljon Yusupov

Oshiqlarning to’smang yo’llarin

Oshiqlarning to`smang yo`llarin,
Sevishganlar qadriga yeting. (x2)
Og`ritmangiz toza dillarin,
Oshiqlarga guldasta tuting. (x2)

Guldasta tuting, guldasta tuting,
Sevishganlar qadriga yeting.

Qo’l ushlashib kelsa oshiqlar,
Peshvoz chiqing istiqboliga.
Dildan kuylang dilbar qo`shiqlar-ey,
Omad tilang baxt, iqboliga.

Dildan kuylang dilbar qo`shiqlar-ey,
Omad tilang baxt, iqboliga.
Guldasta tuting, guldasta tuting,
Sevishganlar qadriga yeting.

Oshiqlarga bermangiz ozor,
Buzmang ular halovatini.
Oshiqlarni etmang intizor,
Sinasinlar sadoqatini.

Oshiqlarni etmang intizor,
Sinasinlar sadoqatini.
Guldasta tuting, guldasta tuting,
Sevishganlar qadriga yeting.

Quraylik bir navqiron shahar,
Oshiqlarning o`zi qo`ysin nom.
Olam bo`ylab ketsin xushxabar,
Biz olqishlab ko`taraylik jom.

Oshiqlarning dunyosi bo`lak,
Qalb amriga bo`ysunar xolos.
Boshqaradi pok orzu, yurak –
Ishq yo`lidan qolmas bir nafas.

Boshqaradi pok orzu, yurak –
Ishq yo`lidan qolmas bir nafas.

Guldasta tuting, guldasta tuting,
Sevishganlar qadriga yeting. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Oshiqlarning to’smang yo’llarin
Xonanda:
Qobiljon Yusupov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 21, 2016