Ikkimizning o`rtamizda
Yo`q, diloro, bir qadam.
Shunchalar mushkulmi qo`ymoq
Senga, zebo, bir qadam?

Shunchalar mushkulmi qo`ymoq
Senga, zebo, bir qadam?

Ko`zlarimning nuri bo`ldi
Yo`lga poyandoz, kel.
Ko`zlarimning nuri bo`ldi
Yo`lga poyandoz, kel.

Men seni Zuhroyu Oy deb,
ltijo qildim va lek –
Sen yiroqsan, garchi menga
Oyu Zuhro bir qadam.

Sen yiroqsan, garchi menga
Oyu Zuhro bir qadam.

Bas, shikoyat qilma, Erkin,
Jur’at aylab yo`lga chiq. (x2)
Senga bir odim Samarqand,
So`ng Buxoro bir qadam. (x2)

Yo`q, diloro, bir qadam… {x3}

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Bir qadam
Xonanda:
Qodirjon Mirashurov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 21, 2016