Radius 21 - Beparvo

Radius 21

Beparvo

Kamchiliklaring serob, lekin noyobsan,
Yax “gazirovka sirop”, obi hayotsan.
Yoz kunidagi issiq jazirama
Bu saratonda seni sog`inaman.

Aytgin, nega qor yog`iladi qovog`indan?
Yoqimli so`zlar chiqmas sening guldek yanog`ingdan.
Ensalaring toshdek qotadi meni ko`rganingda,
Bilaman, chindan sevishimni bilib ataydan qilasan.

Ayt, nega kayfiyating yo`q maning malikam,
Ko`chalarni birga kezaylik yayov.
Atrofingda parvonaman uyoq-buyoq,
Beparvosan go`yo farqi yo`q. (x2)

Yaqinimsan-u biroq mendan yiroqsan,
“Lak”, o`sma, ko`zgu, taroq – g`alatiroqsan.
Yo`q oramizda iliq munosabat,
Magnitofoningdagina ovozim tinglaging kelar faqat.

Yana qor yog`adi qoshu qovog`ingdan,
Yoqimli so`zlar chiqmas sening guldek yanog`ingdan.
Ensalaring toshdek qotadi meni ko`rganingda,
Bilaman, chindan sevishimni bilib ataydan qilasan.

Ayt, nega kayfiyating yo`q maning malikam,
Ko`chalarni birga kezaylik yayov.
Atrofingda parvonaman uyoq-buyoq,
Beparvosan go`yo farqi yo`q. (x2+x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Beparvo
Xonanda:
Radius 21
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 6, 2016