• Radius 21 va J Sulton - Bevafo

    Radius 21

    Bevafo

    [J Sulton]
    O`ylamagandim seni hech bevafo deb,
    Jondan sevgan yoriga qilar jafo deb.
    Bu bevafoligingni kechirolmayman,
    So`nggi aytgan so`zlaringni unutolmayman.

    [Radius 21]
    O`ylamagandim seni hech bevafo deb,
    Jondan sevgan yoriga qilar jafo deb.
    Bu bevafoligingni kechirolmayman,
    So`nggi aytgan so`zlaringni unutolmayman.

    [J Sulton]
    Mana sevgi bog`iga qo`yibsan qadam,
    Endi mayli o`ynab kul sevgi bog`ida.
    Jondan sevgan yoring joning turganda,
    O`zgalar ko`ngliga hech maftun bo`lma.

    [Radius 21]
    Sevgisiz yurak – yurak emasdir,
    Sevgini izhor qilish uyat emasdir.
    Sevgisiz yasholmas axir yigitlar,
    Sevgisiz yasholmas sarvinoz qizlar.

    [J Sulton]
    Oh mening go`zalim, oh mening asalim,
    Qaniydi bir bora ko`rsam seni.
    Yana ayriliq, yana azoblar,
    Bag`rimni qon qildiku jonginam meni.

    [J Sulton]
    Yuragim qasrida malika alam,
    Sevgim osmonida yulduzlar so`ndi.
    Ko`zimga tor bo`lib ketsa ham olam,
    Seni sog`inib yashayman endi.

    [Radius 21]
    Muhabbat jafodir, shu ekan taqdir,
    Mening gulzorimdan ketding sen gulim.
    Men seni qanchalar sevardim axir,
    Endi yo`ling boshqadir, boshqadir jonim.

    [J Sulton]
    Mana sevgi bog`iga qo`yibsan qadam,
    Endi mayli o`ynab kul sevgi bog`ida.
    Jondan sevgan yoring joning turganda,
    O`zgalar ko`ngliga hech maftun bo`lma.

    [Radius 21]
    Sevgisiz yurak – yurak emasdir,
    Sevgini izhor qilish uyat emasdir.
    Sevgisiz yasholmas axir yigitlar,
    Sevgisiz yasholmas sarvinoz qizlar.

    [Radius 21 va J Sulton]
    Oh mening go`zalim, oh mening asalim,
    Qaniydi bir bora ko`rsam seni.
    Yana ayriliq, yana azoblar,
    Bag`rimni qon qildiku jonginam meni. (x1+x1)

    Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.